|
|
|
Yangiliklarga a`zo bo`lish |
|
|
Bolalarning hayotida bog'chaning o'rni beqiyos. Har bir go'dakni jamiyatga kirib borishiga yordam beruvchi ilk dargoh bu bog'cha desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Quyida bir necha xususiy bolalar bog`chalari haqida ma`lumotlarni ko`rishingiz mumkin. To`liq ma`lumot
|
| |
|
|
|
 
|
|
|
Asosiy
|
Kirib kelayotgan yangi 2012 yil qutlug` bo`lsin!!! |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
|
|
FARZAND jinsini rejalashtirish bo'yicha Xitoy kalendari |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
 Agar o’g’il FARZANDingiz bo’lsa, qiz bola dunyoga keltirishni istaysiz. Qizingiz bo’lsa, o’g’ilni. Qanday qilib bo’lajak FARZAND jinsini rejalashitirsh mumkin? Balki Siz homiladordirsiz va tug’ilajak FARZANDingiz o’g’ilmi yoki qiz ekanligi Sizni qiziqtirayotgandir? Qadimgi xitoyliklar tomonidan tuzilgan ushbi kalendar Sizga qisman yordam berishi mumkin. Birinchi ustundan yoshingizni topib, keyin tepadan jinsiy yaqinlik bo’lgan oyni topasiz. To’g’ri foydalanilganda, ushbu kalendar 1999 yil ma’lumoti bo’yicha 75% to’g’ri ma’lumot bergan. |
|
Davomi...
|
|
|
Yuqori haroratni tez tushirishning 5 usuli |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
FARZANDingiz isitmalaganda, u og’ir nafas oladi, terisi quruqlashadi, peshona, qo’l-oyoqlari qaynoq bo’ladi. Oddiy usullar yordamida Siz FARZANDingiz ahvolini ancha yengillashtirishingiz mumkin. Sirka bilan artish Olmali sirkaga paxtani ho’llab, u bilan bolaning yelkasi, qorni, keyin qo’li, oyog’I, tovoni, kaftlarini arting. Har 3 soatda takrorlab turing. |
|
Davomi...
|
|
|
FARZANDimiz immunitetini tabiiy usullar bilan oshirish |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
Balanslashtirilgan ovqatlanish. Taomning asosiy qismini sabzavot va mevalarga bag’ishlang. Kashalar, go’shtli va baliqli mahsulotlar (imkon qadar qaynatilgan yoki dimlangan variantda). Esdan chiqarmangki, IMMUNITETIMIZ TAQDIRINING 80% I ICHAKLARIMIZ "QO’LI"DADIR. Uni yaxshilash uchun FARZANDingizga sutli mahsulotlardan ko’proq bering. Yogurt bolalarga ham yoqimli, ham foydali. Iloji bo’lsa, uni magazindan sotib olmang, balki o’zingiz tayyorlang. Resept masalasida istaganingizcha improvizasiya qilsangiz bo’ladi. Qanaqa meva qo’shishni FARZANDingiz o’zi tanlasin. Tayyorlash jarayonida o’zi ham qatnasha olsa, nur ustiga a’lo nur! |
|
Davomi...
|
|
|
Qanday qilib shamollamaslik mumkin? |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
Yilning sovuq oylarida – kech kuzdan to aprelning oxirigacha - FARZANDlarimiz ko’p shamollashadi. Bu kasal bo’lishning sababi sovuqdan ham ko’ra, bolalarning yopiq, ayrim hollarda shamollatilmagan joyda bir-biri bilan o’ynashi hamdir. Agar bola bir yilda 8-10 marta shamollasa, buni normal deb qabul qilishingiz mumkin. Statistikaga ko’ra, bolalar bog’chasiga qatnaganda FARZANDlarimizning infeksion kasalliklarga chalinishi ehtimoli 12-15 martagacha ko’tariladi. |
|
Davomi...
|
|
|
Qiziqarli uzumli geometriya |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
Ishtahaochar bu o'yin yordamida FARZANDingizga geometriya asoslarini osonlikcha o'rgata olasiz. Bu bolalarni rivojlantiruvchi o'yinni o'ynash uchun Sizga uzum, olcha, gilos yoki istalgan meva qo'l keladi. Hattoki pishloqdan foydalanishingiz ham mumkin. Ikkinchi xom ashyo bu tish tozalagichlar. Avvalo, FARZANDingizga tish tozalagichni uzumga qanday sanchish kerakligini ko'rsatib bering. Keyin o'ziga uchburchak yoki kub yasashni taklif qiling. Yordam bering. Agar bilmasa, qanday figura ekanligini ayting. Bu usul yordamida Siz raqamlarni, shakllarni, alifboni ham o'rgatsangiz bo'ladi. |
|
Davomi...
|
|
|
Farzand.uz "Internet festival 2011" g`olibi |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
26 - sentyabr kuni bo`lib o`tgan internet festival g`oliblarini tabriklash marosimida Farzand.uz sayti "Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt" nominatsiyasida 1 o`rinni qo`lga kiritdi. Bunda bizni saytimiz ishtirokchilarining o`rni katta. Barchangizga tashakkur etib qolamiz. |
|
Davomi...
|
|
|
Bolalar muzeyi - tarix qo'llarimizda |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
Farzandingiz bilan bo’sh vaqtingizni foydali va mazmunli o’tkazishingiz uchun Sizga O’zbekiston Davlat Tarixi Muzeyi tarkibida ochilgan Bolalar muzeyini Farzand.uz jamoasi tavsiya etadi. Muzeyda tarixni bolalar o’z ko’zlari bilan ko’rib, qo’llari bilan ushlab, osonlikcha tushuna olishlari mumkin. |
|
Davomi...
|
|
|
Happy Birthday, Uzbekistan! |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
|
20 yoshga to’lgan, hayotni, oq-qorani tanib, o’sib-rivojlanib kelayotgan navqiron O’zbekistonimizga, Uning bag’rida yashayotgan, ulg’ayayotgan, o’qiyotgan barcha Uzbekistondoshlarimizga, xususan, Farzand.uz saytining aziz va qadrdon foydalanuvchilariga tog’lar qadar matonatli, yuksak, mag’rur bo’lishni, bugungi osmonimiz kabi qalbiy musaffolikni, charaqlab turgan Quyoshimizdek tarovatlilik, yoqimlilik hamda mehribonlikni tilaymiz. Biz Sizni Yaxshi Kuramiz! Hurmat bilan Farzand.uz jamoasi. |
|
|
Kamqonlikda qanday ovqatlanish lozim? |
|
Muallif: Nargiza Pulatova
|
 Ayol kuniga 15 mg dan kam bo’lmagan temir moddasi qabul qilishi kerak. Bu turli mahsulotlar tarkibida bo’lishi mumkin. Temir moddasiga boy bo’lgan mahsulotlarni iste’mol qilib turish organizmni temir bilan ta’minlash uchun yetarli. Organizmingiz Siz qabul qilgan temir moddasini qanchalik tez o’zlashtirishini ham e’tibordan qochirish kerak emas. Chunki turli mahsulotlar turli ravishda hazm bo’ladi. Ozuqaning tez yoki sekin hazm bo’lishi esa Sizning jigaringiz qanchalik faol ishlashiga bog’liq. Agar jigaringiz ifloslangan bo’lsa, u holda jigarning ovqatdan temir moddasini ajratib olishi sekin va kam miqdorda bo’ladi. |
|
Davomi...
|
|
| << Boshiga < Avvalgi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 Keyingi > Oxiri >>
| | Natijalar 1 - 10 - Sahifalar soni 322 |
 
|
|
Donolar so`zlaydi |
|
|
|
|
Hikoyalar, maqolalar, maslahatlar yoki farzandingiz sur`atlari sahifamizda chop etilishini istasangiz
biz bilan bog`laning.
|
|
Chaqaloqning dunyoga kelishida tug'ruqxona muhim maskan hisoblanadi. Shunday ekan, quyida respublikamizdagi tug'ruqxonalar ro'yxati, telefoni va manzilini keltirib o'tmoqdamiz. To`liq ma`lumot
|
| |
|
|
|
|
Saytdagi maqolalar muallif huquqi bilan himoyalangan.
Maqolalardan foydalanish uchun yozma ravishda muallifdan ruxsat olish shart!
E-mail: info@farzand.uz, farzand.uz@gmail.com
Tel.: +998 90 958 0110
Copyright Farzand.uz 2007 - 2012
|
|