Bolalar taomi

9-12 oylik bolaga qo‘shimcha ovqat berish

Bu davrda bola sutdan tashqari yana bir qator mahsulotlardan ta’tib ko‘rgan bo‘ladi. Endi asta-sekinlik bilan uning menyu tarkibini kengaytirishimiz mumkin.

- Yosh qo‘yning go‘shti;

- Buzoq go‘shti; - Tovuq go‘shti; - Tayyor bug‘doyli taomlar; - Guruchli kotletlar; - Tuxum sarig‘i; - Pishloq; - Yogurt; - Soya pishlog‘i (tofu); - Lapsha; - Dukkakli sabzavotlar.

Berilayotgan taom 6 oyliknikiga o‘xshagan juda ezilgan (pyure) shaklida bo‘lishi shart emas, balki juda mayda to‘g‘ralgan bo‘lsa bo‘ladi.

Bu yoshda bola qo‘lidagi ovqatni og‘ziga keltirib yeya oladi. Uning qo‘liga mos kelgan holda qaynatilgan sabzavotlardan bersangiz, o‘zi qo‘li bilan yeya olganidan xursand bo‘ladi. Shu yoshdan boshlab bolaga o‘z qo‘liga choy ichadigan maxsus (to‘kilmaydigan) krujkani berishingiz mumkin.