Kutubxona

Bizibord yoki bolani rivojlantiruvchi doska yasaymiz

Bizibord — bolalarni rivojlantiruvchi doska bo‘lib, ko‘plab turli tugmalar (knopka), qulf va zanjirlar, lo‘kidon, qistirgich va boshqa buyumlardan iborat bo‘ladi. Bu buyumlar uyda bolalarni qiziqtiruvchi buyumlar bo‘lishi mumkin. Bunday trenajyor-o‘yinchoqni bir kechada yasash mumkin!

Bu doska bolaning fikrlashi, mantiq va topqirligini rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, ularni bir joyda o‘tirib o‘ynashga majbur qiladi.

Ushbu doskani yaratish uchun taxta bo‘lagi va bola diqqatini o‘ziga jalb qiluvchi turli buyumlar kerak bo‘ladi. Bunday buyumlar turli xil qulf va kalitlar, zanjirlar, ilgaklar, marjonlar, chiroq yoqqich va boshqa ko‘plab jismlar bo‘lishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, odatda farzandingizga ular bilan o‘ynash yoki teginishni taqiqlagan buyumlarning barchasini mazkur doskada jamlashingiz mumkin.

"Ya Happy mama" sayti ana shunday doska yaratish uchun bir nechta g‘oyalarni e’tiboringizga havola etadi. Balki bunday doskani yaratishda dadalarning ham yordami kerak bo‘lishi mumkin. Chunki buyumlarni taxtaga yopishtirish, qoqish jarayonida ular o‘zining ishchi holatini saqlab qolishi kerak bo‘ladi.

doska1

doska2

doska3

doska4

doska5

doska6

doska7

doska8

Shunday doskalardan birini yaratish orqali farzandingizni xursand qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!