Bolalar taomi

Bo‘tqani yoqtirmaydigan bolalar uchun 4 xil nonushta

Farzandining «yana o‘sha bo‘tqami», deb xo‘rsinganini eshitgan onaning vijdoni uyg‘onib, yangicha nonushta bilan bolani xursand qilgisi keladi. Biz esa aynan shunday vaziyatlarda asqotadigan 4 xil tez va oson tayyorlanadigan nonushtaning retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Manniyli puding

Tayyorlashga ketadigan vaqt 45 daqiqa

4—5 porsiyaga mo‘ljallangan

Kerakli masalliqlar:

  • Sut 1 litr
  • Manniy yormasi 200 g
  • Tuxum 2 dona
  • Un 2 osh qoshiq
  • Shakar 4 osh qoshiq
  • Ozgina tuz
  • Vanilin
  1. Quyuq manniy bo‘tqasini tayyorlab, unga 3 osh qoshiq shakar, tuz va vanilinni qo‘shing
  2. Tuxumlarni 1 osh qoshiq shakar bilan ko‘pirtiring, so‘ngra unni qo‘shib aralashtiring va aralashmani manniy bo‘tqasiga qo‘shing
  3. Sariyog‘ bilan yog‘langan formaga aralashmani solib, ustiga tuxum sarig‘ini surting
  4. Oldindan 180—200 gradusgacha qizdirib qo‘yilgan duxovkada 30—35 daqiqa davomida pishiring.

Tvorogli toblama

Tayyorlashga ketadigan vaqt 1 soat 40 daqiqa

4 porsiyaga mo‘ljallangan

Kerakli masalliqlar:

  • Tvorog 500 g
  • Smetana 100 g
  • Kraxmal 3 osh qoshiq
  • Shakar 3 osh qoshiq
  • Bir chimdim tuz
  • Tuxum 2 dona
  • Banan 2 ta
  • Vanilin
  1. Tvorog, shakar, smetana, tuxum, tuzni idishga solib blender yordamida aralashtiring
  2. Kraxmalni qo‘shib yana aralashtiring
  3. Aralashmani pergament solingan formaga to‘kib, ustiga kesib tayyorlab qo‘yilgan bananni qo‘ying, duxovkada 190 gradusda 25 daqiqa pishiring
  4. Duxovkani o‘chirgach, soviguncha undan chiqarmang

Omlet

Tayyorlashga ketadigan vaqt 40 daqiqa

3 porsiyaga mo‘ljallangan

Kerakli masalliqlar:

  • Tuxum 5 dona
  • Sut 400 ml
  • Tuz 0,5 choy qoshiq
  • Sariyog‘ 1 osh qoshiq
  • Pomidor 2 dona
  • Pishloq 70 g
  1. Tuxumlarni tuz solib biroz ko‘pirtiring, sutni qo‘shib yana aralashtiring
  2. Yog‘langan formaga solib, ustidan to‘g‘ralgan pomidorlarni soling. Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni seping.
  3. 200 gradusgacha qizdirib qo‘yilgan duxovkada 15—20—30 daqiqa davomida pishiring
  4. Pishib chiqqach, ustiga eritilgan sariyog‘ seping

Guruchli toblama

Tayyorlashga ketadigan vaqt 55 daqiqa

6 porsiyaga mo‘ljallangan

Kerakli masalliqlar:

  • Tvorog 600 g
  • Tuxum 2 dona
  • Guruch 0,5 stakan
  • Shakar 4 osh qoshiq
  • Tuz bir chimdim
  • Smetana 3 osh qoshiq
  • Vanilin
  1. Guruchni qaynatib pishiring
  2. Tvorog, tuxum, shakar, guruch, tuz, vanilinni qo‘shib aralashtiring
  3. Pergament solingan formaga aralashmani to‘kib, ustiga smetanani soling. Duxovkada 200 gradusda 30—35 daqiqa davomida pishiring.

Manba: Daryo.uz