Salomatlik

Bolalar uchun kalsiy qanchalik muhim?

Kalsiy moddasi yetishmovchiligi, bolalar uchun xavfli. Ushbu elementning organizmga me’yorida tushishi nafaqat suyaklarning, balki butun organizmning normal o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi.

Bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklar va tishlar shakllanishidagi buzilishlar, ko‘z gavharidagi patologik o‘zgarishlar, asab tizimidagi buzilishlar, ta’sirchanlik va tomir tortishishlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, eng xavfli holatlardan biri — qonning yomon ivish xususiyatidir. Ma’lumki, bolalar juda harakatchan bo‘ladi. Shu bois, tez-tez mayda jarohatlar va yaralarga duch kelishadi. Bu holda qonning yomon ivishi salbiy rol o‘ynashi ham mumkin.

Manba: Darakchi.uz