Tarbiya

Bolani gorshokka o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar

Ma’lumki har bir bola bosqichma-bosqich rivojlanib boradi, bola katta bo‘lar ekan ota-onalar unga kerakli narsalarni o‘rgata boshlashadi. Ota-ona tomonidan bolaga o‘rgatilishi kerak bo‘lgan narsalarning biri bu bolani gorshokka o‘rgatishdir. Agar siz ham bolangizni gorshokka o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz quyidagilarni amalga oshirib ko‘ring:

1. Bolangiz gorshokka o‘tirishga tayyor ekanligiga amin bo‘ling.

Gorshokka o‘rganish bola rivojlanishidagi yangi bir bosqichdir. Qanday bo‘lmasin, yangi bosqichdan o‘tish bolada ma’lum bir psixologik va jismoniy o‘zgarishni talab etadi. Bolaning turmush tarziga yangilik kiritayotganingizda avallambor uning o‘ziga qarang. Bola bunga tayyormi, yo‘qmi? Gorshokka tayyor bo‘lganini quyidagilardan aniqlashingiz mumkin:

- bola sizning hojatga borishingizni taqlid qiladi;

- qorni ochganligi to‘g‘risida so‘z bilan xabar bera oladi;

- "koptokni olib kel" kabi oddiy talablarni tushuna oladi;

- pampersi kir bo‘lganda, g‘ashiga tegayotganini bildiradi (uni yechishni xohlaydi, pampersiga sizni nazaringizni qaratadi)

- gorshokda o‘zi o‘tira oladi;

- 3 soatcha quruq yurishi mumkin;

- o‘z jinsiy a’zolarini o‘rganadi.

2. Bolangizni gorshokka o‘rgatishga o‘zingiz tayyor ekanligingizga ishonch hosil qiling.

Siz tayyormisiz? Gorshokka o‘rgatish vaqtini boshqa zarur ishlar bo‘lmagan paytga (yangi farzand tug‘ilish arafasi, ishxonadagi stress, katta farzanddagi muammolar va hokazo) mo‘ljallaganingiz ma’qul. Undan tashqari, iliq yoki issiq havoda pampersdan chiqish osonroq kechadi. Sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

- sabr-toqat; - gorshok; - o‘rgatuvchi ishtonlar; - hazil tuyg‘usi; - ijod qilish.

Bolangizga gorshok haqida ko‘rsatib aytib bering. Boshqa bolalar gorshokka borishini ko‘rsating. Qo‘g‘irchoq, gorshokka bog‘liq o‘yinchoqlarni jalb qiling. Gorshokka borishni o‘rgatadigan bolalar kitobchalaridan foydalaning.

3. Bolaga qayerga borishni va bu nima deb atalishini tushuntirib o‘rgating.

Bolangizga gorshokni yaxshilab tanlab olib bering. Gorshok bola uchun qulay, xohlasangiz qiziqarli, eng asosiysi xavfsiz va oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Gorshokda qilayotgan ishiga nom bering.

4. Bolaga hissiyot bilan jarayonni ulay olishni o‘rgating.

Bu bosqichda bola organizmidagi hissiyotlarni tushuna bilib, gorshokka borishni, gorshokka o‘tirib ishini qilishini anglay olishi zarur. Boshida siz uning kuzatuvchisi va yo‘l boshllovchisi bo‘lasiz. His qildi--------------- gorshokka bordi yoki his qildi----------------- onasiga aytdi.

5. Bolani butunlay pamperssiz qoldirib, o‘rgatuvchi ishtonlarda olib yuring.

Bu ishtonlar oddiy ishton bo‘lib, faqat oson yechiladigan va tez quriydigan bo‘lishi kerak.

6. Bolangizga yoshiga qarab ishtonini yechish, kiyish va ishini qilib bo‘lgach qo‘lini yuvishni o‘rgating.

Bolangizni yutuqlari uchun ko‘p maqtang, boshida ko‘p sodir bo‘ladigan "avariyalarga" ko‘zingizni yuming.

7. Hamma ishni surib qo‘yib, butunlay bolangiz bilan birga bo‘ling.

Bunda siz bolangizni doim kuzatib borib, uning gorshokka borish xohishini vaqtida seza olasiz, vaqtida unga yo‘l ko‘rsata olasiz, borib borib bola nima qilayotganini tushuna oladi.

Shuni unutmang, gorshokka o‘rgatayotganingizda kechalari dam bering. Kunduzi gorshokka borishni o‘rgangan bola, 2-3 haftalarda kechasi ham pamperssiz uxlashga o‘rganadi.

Agar bolangiz sizning barcha qilgan iltimoslaringizga qaramay gorshokka o‘tirishdan bosh tortsa, demak u hali tayyor emas. Shu deb uni qiynamang. Bu borada "vaqtlidan ko‘ra kechroq" degan ibora o‘rinli bo‘ladi. Xavotir olmang, bolangiz bir ozdan so‘ng albatta tayyor bo‘ladi.