Bilasizmi?

Davlat rahbarlarining bolalikdagi suratlari

Biror bir davlatni boshqarayotgan davlat rahbarlariga qiziqish doim yuqori darajada bo‘lgan. Ko‘plab mamlakatlarda prezidentlik lavozimida ishlagan va ayni damda ham faoliyat yuritib kelayotgan davlat rahbarlari bolaligida umuman boshqacha ko‘rinishda bo‘lishgan. Bir ko‘rishda, ularni ajratish, tanib olish qiyin. Bolalik, o‘smirlik davri hayotning eng shirin va yorug‘ pallasi. Bu mashhur siyosatchilar oradan bir necha yil o‘tib qaysidir mamlakatga rahbarlik qilishlari xayollariga ham kelmagan bo‘lsa, ajabmas. E’tiboringizga o‘nlab prezidentlarning yoshlikdagi suratlarini taqdim etamiz. Ko‘ramiz, siz ularni bir ko‘rishda taniy olarmikinsiz?

1. Barak Xuseyn Obama II. AQShning 44-prezidenti. 1961 yilning 4 avgustida AQSh, Gonolulu, Gavayida tavallud topgan. 2009 yilning 20 yanvaridan 2016 yil 20 yanvargacha xukumat rahbari.

2. Vladimir Vladimirovich Putin. Rossiya Federatsiyasi prezidenti. 1952 yilning 7 oktyabrida Leningradda tug‘ilgan. 2000-2008 yillarda mamlakatni boshqargan.  2012 yilning 7 mayidan prezidentlikka qayta saylangan.

3. Si Szinpin. 2013 yilning 13 martidan e’tiboran Xitoy Xalq Respublikasi raisi. 1953 yilning 15 iyunida Pekinda dunyoga kelgan.

4. Nelson Mandela. Janubiy Afrika Respublikasining 8-sobiq prezidenti. 1918 yilning 18 iyulida Yoxannesburg shahrida dunyoga kelgan. 2013 yilning 5 dekabrida, 95 yoshida Yoxannesburgda vafot etgan. 1994 yilning 10 mayidan 1999 yilning 14 iyuniga qadar davlat rahbari lavozimida ishlagan.

5. Angela Merkel. 2005 yilning 21 noyabridan e’tiboran Germaniya kansleri. U Germaniya tarixidagi birinchi ayol kansler. Merkel 1954 yilning 17 iyulida Gamburg shahrida tavallud topgan.

6. Ilhom Aliyev, 2003 yilning 31 oktyabridan Ozarbayjonning 4- prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. U 1961 yilning 24 dekabrida Bakuda tug‘ilgan.

7. Mahmud Ahmadinajot Eronning sobiq prezidenti. U 2005 yilning 3 avgustidan 2013 yilning 3 avgustiga qadar davlat rahbari bo‘lgan. Sobiq prezident 1956 yilning 28 oktyabrida Eronning Aradan shahrida tug‘ilgan.

8. Yuliya Vladimirovna Timoshenko 1960 yilning 27 noyabrida Ukrainaning Dnepropetrovsk shahrida tug‘ilgan. 2007 yilning 18 dekabridan 2013 yilning 3 martiga qadar Ukraina Bosh vaziri lavozimida ishlagan. U Ukraina tarixidagi birinchi va yagona ayol Bosh vazirdir.

9. Aleksandr Grigorevich Lukashenko 1954 yilning 30 avgustida Belorussiyaning  Kopis shahrida tug‘ilgan. 1994 yilning 20 iyulidan e’tiboran Belarus Respublikasi prezidenti.

10. Nikolya Sarkozi 2007 yilning 16 mayidan 2012 yilning 15 mayiga qadar Fransiyani boshqargan. Sarkozi 1955 yilning 28 yanvarida Parijning XVII okrugida tug‘ilgan.

Manba: Sof.uz