Homiladorlik

Homiladorlik davrida ona yoki otadagi depressiya erta tug‘ruqqa sababchi ekan

Parents.som, o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra otadagi depressiya ham onadagi kabi erta tug‘ruq xavfini oshishiga olib kelar ekan.   Homiladorlik davrida onadagi tushkunlik holati bolaning me’yoridan oz bo‘lgan vaznda va erta tug‘ilishi xavfining oshishiga sabab bo‘lishi haqida ko‘p dalillar mavjud.Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatmoqdaki, bo‘lajak otadagi depressiya holati ham erta tug‘ruq havfini oshirar ekan.

Shvetsiyada 2007 va 2012 yillar davomida tushkun kayfiyatdagi ota-onalardan tug‘ilgan 350000 dan ortiq bolalarda juda erta tug‘ilish(22 va 31 hafta orasidagi) yoki o‘rta erta tug‘ilish(32-36 haftalik) holatlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi.

Tadqiqotda onadagi doimiy depressiya holati o‘rta tug‘ilish (32-36 hafta) havfini oshirishi, 38 foiz juda erta tug‘ruqqa esa aynan otadagi tushkunlik kayfiyati sabab bo‘lishi aniqlandi.

“Otadagi tushkunlik kayfiyati bo‘lajak ona uchun eng asosiy stress manbai hisoblanib, bu bola rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi” deydi Stok’golmdagi Sentre for Health Equity Studiyes salomatlik markazi professori Anders Hjern. “Ota-onadagi depressiya urug‘ sifatiga, tug‘iladigan bola sog‘ligi va DNKsiga hamda yo‘ldosh faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi fanga ma’lum. Shuning uchun ham erta tug‘ruqni oldini olish maqsadida ona ham ota ham ruhiy holat bilan bog‘liq muammolar yuzasidan ko‘rikdan o‘tishlari zarur” so‘zida davom etadi professor.

Hurmatli bo‘lajak otalar farzandingiz o‘z vaqtida va sog‘lom tug‘ilishini istasangiz homilador ayolingizni avaylang, uning ko‘ngliga qarang, ruhiy siqilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Tushkun kayfiyat, depressiyaga tushishdan saqlaning. Muammolarga duch kelganingizda ham buni homilador ayolingizga bildirmaslikka harakat qiling.