Bolalar taomi

Maktab o‘quvchisining sog‘ligini mustahkomlovchi 7 odat

1.      Ertalabki nonushta Ko‘pgina o‘quvchilar ertalabki nonushtadan ko‘ra bir oz bo‘lsa ham uxlab olishni afzal ko‘rishadi. Keyin esa ular maktabda shirin kulcha, buterbrod, biron-bir tezpishar taomni yeyishadi va oshqozonlarini ishdan chiqarayotganlarini bilishmaydi. Farzandingizni ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka o‘rgating. Bunda unga turli quritilgan mevalar qo‘shilgan bo‘tqalar tayyorlab bering. Donlardan tayyorlangan bo‘tqalar o‘sayotgan organizmga kuch-quvvat beradi va ovqat hazm qilishini ham yaxshilaydi. 2.      Erta turish Kechikish odati bolalikdanoq shakllanadi. Shuning uchun uni ertaroq uyg‘onishga o‘rgatish kerak. Agar bola ertalab erta turishga qiynalsa, uni kechki soat 9-10 da uxlashga o‘rgating. Unga ertaroq turish jismoniy tarbiya qilishga, nonushta qilib olishga, hatto darslarni takrorlashga imkon berishini tushuntiring. 3.      Kunduzgi uyqu Maktab o‘quvchisining asab tizimi dam olishga ko‘proq muhtoj bo‘ladi. Shifokorlar barcha aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarga kunduzi bir oz mizg‘ib olishni maslahat berishadi. O‘quv dasturlari  kuchli diqqat e’tiborni  talab qiladi. Shuning uchun darslardan so‘ng o‘quvchi charchagan va siniq ko‘rinadi. Bir soatlik uyqu farzandingizga tetiklik va quvvat beradi. U bemalol dars qilishga, uy ishlariga yordamlashishga va do‘stlari bilan aylanib kelishga o‘zida kuch topa oladi. 4.      Jismoniy mashg‘ulotlar Jimmoniy tarbiya va sport bolaning o‘sishida va sog‘lom bo‘lishida juda muhim. Doimiy sport bilan shug‘ullanish uning o‘ziga ishongan, tartibli va  o‘z maqsadi yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishuvchi shaxs bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Agar uning  sport bilan shug‘ullanishga imkoniyati bo‘lmasa, uni hech bo‘lmaganda ertalabki badantarbiyani muntazam bajarishga o‘rgating. Jismoniytmashqlar qon aylanishini yaxshilaydi, miya hujayralarini oziqlantiradi va immunitetni oshiradi. 5.      Kechki ovqat O‘quvchilar orasida ham semirish kasalligiga chalinganlari yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bularning sababi esa nosog‘lom ovqatlanish va kamharakatlilikdir. Bolani kechki soat 6-7 dan keyin ovqatlanmaslikka o‘rgating.bu yaxshi uxlashga va qomatni saqlashga yordam beradi. 6.      Ko‘chadan kelganda va ovqatlanishdan so‘ng qo‘lni yuvish Maktab o‘quvchilari ko‘pincha gripp, o‘tkir  respirator kasalliklari va ichak infeksiyalari bilan kasallanishadi. Bu kasalliklarning barchasi havo-tomchi yo‘li bilan, qo‘l berib ko‘rishganda, o‘quv qurollari orqali yuqadi. Shuning uchun iovqatdan oldin va keyin, ko‘chadan kirganda qo‘lni sovunlab yuvish kasalliklarning oldini oladi. 7.      Meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish Sabzavot va me’valar tabiiy vitaminlar, mikroelementlar va kletchatka manbai hisoblanadi. Ulardagi ko‘p miqdorda to‘plangan vitamin S immunitetni mustahkamlaydi va bola organizmini erkin radikallardan himoya qiladi.

Saida Ibodinova