Bilasizmi?

Maktablardagi logopediya shoxobchasiga qanday o‘quvchilar qabul qilinadi?

Maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq nuqsonlarining oldini olish va ularni bartaraf etish, jismoniy va psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni korreksiyalash, o‘quvchilarning og‘zaki nutqidagi nuqsonlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatish uchun logopediya shoxobchalari tashkil etiladi.

Kun.uz'ning yozishicha, logopediya shoxobchasiga qabul qilinadigan o‘quvchilarni aniqlash va saralab olish uchun har yili sentyabr oyining 3-sanasiga qadar umumta’lim muassasasi direktorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh tuziladi.

Logopediya shoxobchasiga og‘zaki nutq nuqsonlari va tovushlar talaffuzida kamchiliklari aniqlangan, tashxis natijalari quyidagicha bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilinadi:

nutqi to‘liq rivojlanmagan I sinf o‘quvchilari;

tovushlar talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari;

nutq apparati a’zolarining tuzilishi va harakatida nuqsonlari (rinolaliya, dizartriya, duduqlanish) bo‘lgan I — IV sinf o‘quvchilari.