Salomatlik

"Shishlar xavfli emasmi?"

— Homilam 8 oylik bo‘ldi. Qo‘l-oyoqlarim shishib ketayapti. Buning menga va homilamga zarari yo‘qmi? Davolash mumkinmi?

Hilola, 24 yosh, Andijon viloyatidan

Yulduz EShANOVA, oliy toifali shifokor-ginekolog: — Qo‘l-oyoqlardagi shishlar homiladorlik davrida uchraydigan xavfli belgilardan biri hisoblanadi. Z5-haftadan keyin homilador ayollarga parhez buyuriladi. Ta’qiqlangan taomlar tarkibida organizmdan suvning chiqib ketishini sekinlashtiruvchi moddalar bor. Shuning natijasida tanada to‘planib qolayotgan suvlar shishlarni keltirib chiqaradi. Homiladorlikning bu davrida homila kattalashib, buyraklarga bosim berib, ishlashini qiyinlashtirayotgani ham yana bir sabab. Shishlar homila va homilador ayol uchun xavfli bo‘lib, uning oqibatida ayolda qon bosimi oshishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun kun davomida ichadigan suyuqlik miqdorini nazorat qiling. Ichiladigan bir kunlik suv miqdori 2 litrdan oshmasin. Albatta o‘zingiz nazoratda bo‘lgan shifokorga murojaat qilib, davolanishingizni tavsiya etamiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi