Bugun, 5 sentyabrdan respublikadagi barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.
Toshkent shahar hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zi tamomlagan Shayxontohur tumanidagi 169-maktabga bordi. U tantanali marosimda so‘zga chiqib, birinchi sinfga qadam qo‘ygan o‘quvchilarni tabrikladi.
Hokim v.b. 1-sinfga qabul qilingan 246 nafar bolaga Samsung Galaxy Tab A planshetlarini sovg‘a sifatida topshirdi.