Bolalar taomi

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin ☺

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin. Bunga ko‘p vaqt ham ketmaydi. Eng muhimi, biz bekalarning bunday yondashuvimiz oila a’zolarimizning, sevimli insonlarimizning ishtahasini ochib yuborishi tayin.

Siz tuxumni qovurasiz, ammo bulg‘or qalampirining ichida! Tuxumni qalin qilib kesilgan sariq, qizil va (yoki) yashil bulg‘or qalampiri bo‘laklarining ichida qovurish – bu nafaqat to‘yimli, foydali, balki ertalabki nonushtadanoq kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi.

Tuxumni qanday qilib bulg‘or qalampiri ichida qovurish mumkin?

  • Kerakli masalliqlar: 1 dona bulg‘or qalampiri, 3 dona tuxum, ta’bga ko‘ra, tuz, murch, o‘simlik moyi, bezak uchun ko‘katlar.
  • Faqat yangi bulg‘or qalampirlaridan foydalaning. Bulg‘or so‘limagan (tirik) bo‘lishiga ishonch hosil qiling, aks holda pishirish jarajonida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bir-ikkita katta, pishgan bulg‘or qalampirini tanlang. Shuningdek, siz tanlagan bulg‘orlar yetarlicha katta bo‘lishi lozim.

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

  • Bulg‘or qalampirini urug‘lardan tozalab, yaxshilab yuvasiz. So‘ng 0,5 sm qalinlikda kesasiz.

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

  • Qizigan o‘simlik yog‘iga bulg‘or bo‘lakchalari solingach, ichiga tuxum chaqiladi. Tuxum yaxshi pishishi uchun past olovda pishiring.

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

  • Ta’bga qarab murch va tuz sepiladi va ukrop bilan bezatiladi.

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Shuningdek:

Odatiy holda qovurilgan tuxumni ko‘katlar va ketchup yordamida turlicha bezatish mumkin: qovurilgan tuxum ustiga, istakka qarab, baliqcha, quyoshcha, … shakli chiziladi:

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Tuxumni ham san’at darajasida qovurish mumkin

Yoqimli ishtaha! ☺