2018 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Boshlang‘ich ta’limga bolalarni majburiy 1 yillik tayyorlovga bosqichma-bosqich o‘tish choralari haqida"gi 999-sonli qarori tasdiqlangan edi. Yangi qarorga ko‘ra, o‘qitish davomida innovatsion pedagogik texnologiyalar, samarali uslub va metodlar qo‘llaniladi, deb yozadi kun.uz.
Bolalarni maktabga majburiy tayyorlash bo‘yicha pilot loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida amalga oshirilgandi. Guruhlar maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalardan tarkib topdi.
«Maktabgacha ta’lim vazirligining ekspert guruhi muntazam ravishda ta’lim sohasidagi monitoringni amalga oshirib keladi. Xususan, ular 1-sinf o‘quvchilarida tayyorgarlik darajasi turli ekanligi aniqladilar. Ba’zi ota-onalar oldindan o‘z farzandlarini to‘lov evaziga tayyorlov kurslarga olib boradilar, ammo har bir oilaning moliyaviy imkoniyati birdek teng emas. O‘qishga tayyor bo‘lmagan bola zo‘riqishni boshdan kechirishini bir tasavvur qiling. U sinfdagi tengdoshlariga nisbatan o‘zi bilimsizroq va intellektual kuchsiz his qiladi. Bu esa uning o‘zini-o‘zi baholashda va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqida aksini topadi. Bu muammo yaxshi tayyorlangan bolalarga ta’sir etmay qolmaydi, chunki pedagog tayyorgarligi past o‘quvchilarga materialni tushuntirgunga qadar kuchli bolalar zerikib o‘tirishga majbur bo‘ladilar. Natijada biz intizomning yomonlashuvi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishning pasayishini kuzata boshlaymiz. Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha uchun teng imkoniyatlarni taqdim etish tarafdoridir. Davlat va xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini boshlang‘ich ta’limga tayyorlash haqidagi masala «Ilk qadam» dasturi ko‘magida hal etildi. Bu dastur doirasida bolalar zaruriy kompetensiyalarga ega bo‘ladilar. Endilikda Maktabgacha ta’lim muassasaga bormaydigan bolalar ham 1 haftada 15 soat mobaynida mazkur dasturni o‘zlashtiradilar. Agarda bola litsenziya asosida faoliyat yurituvchi maktabgacha tayyorlov muassasasiga qatnayotgan bo‘lsa, u majburiy 1 yillik kursidan ozod etiladi», — deydi Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarmasining bosh mutaxassisi Yelena Say.
Bepul 1 yillik tayyorlov dasturini joriy etish bilan bog‘liq Qaror eng yaxshi jahon amaliyotlari asosida qabul qilindi, bu amaliyotni joriy qilgan mamlakatlar yuqori malakali inson resurslari hisobiga iqtisodiy rivojlanishda peshqadamlik qilmoqdalar.
Tajriba guruhlariga o‘quv tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun o‘quv-metodik materiallar va kerakli adabiyot, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, bolalar va sport inventarlari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratildi. Ota-onalar kurs tashkil etilgan muassasadan majburiy 1 yillik tayyorlov dasturi bo‘yicha hujjatlari bilan tanishish uchun olishlari mumkin.
«Bepul bir yillik tayyorlov 1 sinf dasturi o‘rnini bosa olmaydi: bolalar avvalgidek, maktabda hisoblashni va yozishni o‘rganadilar. Hech kim 6 yoshli bolani partaga o‘tkazib, undan 45 daqiqa davomida jiddiy intizomni talab qilmaydi. Majburiy ta’lim kartochkalar, rivojlantiruvchi o‘yinchoq va o‘yinlar, pedagog bilan qiziqarli va imkoniyatli shaklda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. 1-darajali vazifa ichki o‘quv motivatsiyani shakllantirish, nutq rivoji va eshitish idrokini oshirishdir. Yuqori maktabgacha yoshdagi bolalarda dunyoni idrok etishda intellektual faollik va yangi bilimlarga ega bo‘lishga bo‘lgan ehtiyojlar keskin o‘sadi. Maktabgacha tayyorgarlik bolaning dunyoqarashini kengaytiradi va so‘z boyligini shakllantiradi. Bundan tashqari, harf, bo‘g‘in, raqam va atrof-muhitdagi dunyo haqida asosiy tushunchalarni berib boradi. Bolalarda maktab dasturining oson o‘zlashtirilishi uchun mustahkam asosga ega bo‘ladilar», — dedi Ye. Say.
Tajriba guruhlari uchun 2018–2019 o‘quv yili 2018 yilning 10 dekabrida boshlanib, 2019 yilning 10 avgustida tugaydi. Ovqatlanishni majburiy tashkil qilish nazarda tutilmagan.
Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorlovni joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi amalga oshiriladigan tuman (shahar)larning ro‘yxati: