Bilasizmi?

Bo‘lajak daholar qaysi oyda tug‘iladi?

Olimlar astrologiyaga va insonning tug‘ilgan sanasi uning taqdiriga ta’sir etadi degan irimlarga  qat’iyan qarshi ekanini bildirib keladi. Shunday bo‘lsa-da, qishda tug‘ilganlar uzoq yashaydi, kuzda tug‘ilganlar maktabda yaxshi o‘qiydi, yoz oxirida tug‘ilganlar esa ko‘proq sportda muvaffaqiyatlarga erishadi.

Bularning barchasiga o‘ziga yarasha jovob bor.

Avgust oyida tug‘ilganlarning  futbol bo‘yicha Fransiya, Belgiya yoki Niderlandiya terma jamoalarida o‘ynash imkoniyati yuqori. Agar sentyabrdan to noyabr oyigacha dunyoga kelgan bo‘lsangiz, Angliya Premer-ligasidan umid qilavering. Farzandingizni mashhur xakkeychi qilmoqchimisiz, unda yilning birinchi yarmida tug‘ilishini rejalashtiring.

Bu astrologlarning tavsiyasi emas, balki bir nechta ilmiy tadqiqotlar asosida qilinishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri xulosalardir.

Rossiyalik futbolchilar yanvarda tug‘iladi

Masalan, Belgiyada, Fransiya va Niderlandiyada mashhur futbolchilarning aksariyati avgust oyida tug‘ilgan va iyulgacha kamayib borgan. Angliya Premer-ligasidagi o‘ynayotgan futbolchilarni tug‘ilgan kuni bilan kuz oylarida ko‘proq  tabriklashadi, Hozirgi ingliz futboli yulduzlari orasida birorta ham may oyidan to avgust oyigacha bo‘lgan davrda  tug‘ilganlari yo‘q. Kanadalik xakkeychilar, aksincha, yilning birinchi yarmida, ya’ni yanvar oyidan may oyigacha  dunyoga kelishgan.

«Korrelyasiya sabab-natijaning bog‘liqligini bildirmaydi. Bu kabi qonuniyatlar yolg‘on yoki umuman ahamiyatga ega bo‘lmasiligi mumkin, lekin kutilayotgan hodisani nazariy jihatdan tushuntirish mumkin. Masalan, inson qachon tug‘ilishidan qat’iy nazar, u sport maktabi yoki seksiyasida yoshi katta yoki kichik bo‘ladi. Bu esa, boshqa o‘quvchilar uning muvaffaqiyatiga va kelgusi karerasiga   nisbatan ta’sir etishi mumkin, deganidir. “Bolalik yoshda bir necha oylik farq ham juda sezilarli kechishi mumkin”, — deydi biologiya fanlari nomzodi, Rossiya Fanlar Akademiyasi a’zasi Aleksandr Panchin.

Fanda atletlarning tug‘ilgan kunlarini bunday asimmetrik taqsimlash «Nisbiy yosh effekti» (Relative age effect, RAE) degan nomni oldi. Tadqiqotlarga ko‘ra, RAE amalda barcha mamlakatlar sport federatsiyalariga xosdir. Rossiyada futbolchilar orasida yilning birinchi yarmida, xususan yanvarda tug‘ilganlar ko‘pchillikni tashkil etadi.

Futbol bo‘yicha Rossiya yoshlar terma jamoasi a’zolarining tug‘ilgan oylari. 2017 yilgi ma’lumot.

RAE bo‘yicha buni tushintirish juda oddiy: futbol maktabiga o‘quvchilarni qabul qilishda faqat bolaning tug‘ilgan yiliga urg‘u beriladi. Bunday sharoitda esa, yanvarda tug‘ilgan bolalar qolganlarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.

Kuzgi uzoq yashovchilar

Hatto tug‘ilgan kun ham uzoq umr ko‘rishda katta ahamiyat kasb etish mumkin. Kuzda va qishda dunyoga kelganlar uzoq yashaydi. Mart oyida tug‘ilganlarga qiyin. Ularning atigi to‘rt foizi yuz yoshgacha umr ko‘radi. Chikago universiteti olimlarining 1880 yil bilan 1895 yil oralig‘ida  Chikagoda tug‘ilgan 1500 kishini tahlil etishi natijasida e’lon qilgan xulosalarini shunday talqin qilish xato bulur edi.

«Bunda ham bir narsaga tushinish qiyin, ushbu natijalar qanchalik darajada haqiqatga yaqin va u sabab-oqibat bog‘liqligini ko‘rsata oladimi? Keling tasavvur qilib ko‘ramiz: bu yerda XIX asrda tug‘ilgan kishilarning ma’lumotlaridan foydalanilgandi. O‘sha davrlarda kuz va qish oylarida mavsumiy infeksiya va sovuqdan bolalar orasida o‘lim holatlari ko‘p kuzatilgan bo‘lishi mumkin. Bunday sharoitda o‘ziga to‘q oilalarning baquvvatroq farzandlari yashab qola olgan, ya’ni kimning yashash uchun start olishga sharoiti yaxshi bo‘lgan bo‘lsa, u yashab keta olgan, nafaqat yashab keta olgan, balki uzoq umr ko‘rishga ham imkoni bo‘lgan», — deydi Aleksandr Panchin.

Bremen universiteti (Germaniya) professori  Yakobs Aleksandra Lerchlaning xulosalariga tayanadigan bo‘lsak, oktyabr va dekabr oyida tug‘ilgan  nemitslar ham may va iyun oyida dunyoga kelganlarga qaraganda uzoq umr ko‘radi. Kaliforniyadagi Berkli (AQSh) universiteti olimlari ham sayyoramizning turli mintaqalarida tug‘ilgan odamlarni solishtirib shungu o‘xshash xulosaga kelishdi. Ma’lum bo‘lishicha, astriyalik va daniyalik umri uzoq kishilar ko‘proq sentyabrdan dekabr oyigacha bo‘lgan vaqtda dunyoga kelgan ekan, avtraliyaliklar uzoq umr ko‘ruvchilarning tug‘ilgan kunlari  esa ko‘proq martdan iyungacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelgan.

Uzoq umr ko‘rishning yana bir sababi onaning ikkiqat paytidagi oziqlanishiga bog‘liq ekan. Kuzda va qishda ko‘zi yorigan ayollarning ikkiqatlik davri yilning issiq mavsumlariga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda meva-sabzavotlar g‘arq pishgan bo‘ladi, natijada bolada sog‘lam ta’am bilish odati shakllanadi. Buni eksperiment o‘tkazish yo‘li bilan tekshirib bo‘lmaydi, lekin kalamushlarda o‘tkazilgan  tadqiqot natijalarini ma’lum bir ma’noda misol keltirish mumkin: urg‘ochi kalamush bug‘oz paytida tarkibida yog‘ ko‘p bo‘lgan kaloriyali ovqat bilan oziqlangan bo‘lsa, uning bolalari semirib ketishdan aziyat chekkan.

Aql bilan tug‘ish

Iqtisodiy tadqiqotlar Milliy byurosi (AQSh) ma’lumotlariga ko‘ra, eng aqlli va tirishqoq bolalar sentyabrda tug‘ilar ekan. Tadqiqotchilar 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan milliondan ziyod maktab o‘quvchisining dars o‘zlashtirishini tahlil qilib ko‘rdilar. Ma’lum bo‘lishicha, eng past ko‘rsatkich avgust oyida tug‘ilgan bolalarda ekan, sentyabrda tug‘ilgan bolalar esa nafaqat maktabda yaxshi baholarga o‘qiydi, balki nufuzli kollej va universitetlarga ham kiradi.

Olimlar bunga shunday izoh beradilar. Amerikalik bolalar olti yoshga to‘lganda maktabga boradilar, shu bois sentyabrdan va dekbrgacha tug‘ilganlar ayrim ustunliklarga ega bo‘ladi: ular bahor va yozda tug‘ilgan sinfdoshlaridan biroz katta hisoblanadi, bu esa boshlang‘ich  sinflarda dars o‘zlashtirishga sezilarli farqni keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, tadqiqotchilarning aniqlashicha, sentyabrda tug‘ilgan bolalar orasida o‘ziga to‘q oilada dunyoga kelganlari ko‘p bo‘lib chiqdi. Farzand ko‘rishni rejalashtirgan ota-onalar bola tug‘ilishini kuzga rejalashtirgan. Buning sababi, mazkur oyda tug‘ilgan bolalar iqtidorli bo‘larkan va katta bo‘lganda turli stipendiya dasturlarida ishtirok etar ekan.

Daholar va yulduzlar

Olimlar daholik va uning tug‘ilgan sanasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘p bor tadqiq qilishgan, ammo hamon ma’lum bir xulosaga kela olishmayapti. Biri olimlarning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi bilan ularning tug‘ilgan yili o‘rtasidagi nisbatni olsa, boshqasi insonning intellekt darajasi uning dunyoga kelish davriga umuman bog‘liq emas, deydi.

Xullas, bu savol qadimda ham dolzarb edi, hozir ham javob kutmoqda. Biz esa hech bo‘lmaganda, mazkur masalaning  yechimini topa oladigan daho qaysi oyda tug‘ilishi kerakligini ham bilmaymiz.