Salomatlik

Bolangiz yo‘talyaptimi? Qarshi choralar bilan tanishing!

  • Bitta piyozni maydalab to‘g‘rang-da, 2 osh qoshiq shakar bilan aralashtirib, ertalabgacha qoldiring. Keyin sharbatini olib, bolangizga 1 choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ichiring. Muolaja davomiyligi: 3-4 kun.
  • 2 osh qoshiq xantalni 2 litr qaynoq suvga soling. Bolakay 15 daqiqa suvga oyoqlarini solib o‘tirsin. Faqat suvning issiqlik darajasi teri kuyadigan darajada bo‘lmasligiga e’tibor qiling. So‘ngra yaxshilab artib, issiq paypoq kiydiring. Bu muolajani uxlashdan oldin bajargan ma’qul.
  • Farzandingizni yo‘tal bezovta qilsa, mineral suv yoki iste’mol sodasi solingan suvning bug‘iga tomog‘ini tutib turishi ham foyda beradi. Faqat suvning issiqligi 40 darajadan oshmasligi kerak.
  • Bitta limonni siqib, sharbatini 10 daqiqa past olovda qaynating. So‘ngra 2 osh qoshiq glitserin qo‘shing. Toki aralashma 1 stakan bo‘lguncha asal qo‘shing. Kuniga bir marta 1 osh qoshiqdan bolaga berish mumkin. Agar yo‘tal kuchli bo‘lsa, 3 osh qoshiqdan.
  • 2 ta bananni qirg‘ichdan o‘tkazing. 200 ml. suvga soling. 2 osh qoshiq shakar qo‘shib, qaynating. Issiq holida bolakayga 2 osh qoshiqdan ichiring.
  • 200 ml. sutni teng miqdordagi mineral suv bilan qaynatib, 1 choy qoshiq asal qo‘shing. Kuniga 2-3 marta 1 osh qoshiqdan bolakayga ichirish mumkin.
  • Kichkintoy yo‘talayotganda uni massaj qilish ham foydali.
  • 1 bosh piyoz va 2 bo‘lak sarimsoqpiyozni maydalab to‘g‘rab, 2 stakan sutga solib, to yumshaguncha qaynating. 1 choy qoshiq asal ham qo‘shing. Quruq yo‘tal farzandingizni bezovta qilganda, 1 osh qoshiqdan ichiring. Bir kunda 3 martagacha ichirish mumkin.
  • 300 gr. asalni yarim kg. maydalangan yong‘oq mag‘zi, 4 ta limon sharbati va 100 ml. aloe sharbati bilan aralashtiring. 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichirish mumkin.

Manba: Darakchi.uz