Salomatlik

Farzandingiz ko‘p suyuqlik ichsa, xavotirlanmang!

Agar farzandingiz ko‘p suyuqlik ichsa, xavotirlanishga shoshilmang. Ehtimol kun davomidagi faol harakatchanligidan yoki havo haroratidan kelib chiqib, organizmi ko‘proq suyuqlik talab qilayotgandir. Suyuqlikni turli meva sharbatlari, qatiq, sut kabi mahsulotlar bilan almashtirib berish mumkin. Agar kechga borib, bolangiz lanj, holsiz bo‘lib qolsa, tez-tez hojatga olib borishingizni so‘rasa, suyuqlik berishni kamaytirganingiz ma’qul. Bolaga ichimlik berayotib, uning yegulik bilan birga bo‘lishiga diqqat qiling. Chunki ba’zi bolalar suyuqlik ta’mini bilib qolib, ovqatlanishni istashmaydi. Ortiqcha suyuqlik ta’sirida esa oshqozonda og‘irlik paydo bo‘lib, kerakli ozuqa bilan ta’minlanmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan holsizlik va bolaning injiqlanishiga olib kelishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz