Homiladorlik

Homiladorlik taqvimi: 39-hafta

Homiladorlikning to‘qqizinchi oyi o‘rtalab qoldi. Agar hali tug‘magan bo‘lsangiz, buni aynan homiladorlikning 39-haftasida amalga oshirish uchun barcha shanslar bor.

Bola dunyoga kelishga to‘liq tayyor. Ona organizmi ham tayyor. Buyog‘iga tug‘ish qoldi, xolos.

Bola o‘zini qanday his qilmoqda?

Bola allaqachon shakllanib bo‘lgan va o‘sishda davom etmoqda. Deyarli mustaqil odamcha hozir 3—3,5 kg tosh bosadi, bo‘yi 50—53 santimetrga yetadi. Ona qornida u barcha ozuqalarni kindik va yo‘ldosh orqali oladi, o‘pkalar esa birinchi nafasga tayyor. Ichakda ovqatning siljishi uchun javobgar bo‘lgan qilchalar paydo bo‘ldi, oshqozonda esa uning parchalanishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar ishlab chiqarilmoqda.

Bolaning o‘mbaloq oshishi uchun joy umuman yetmaydi — u kattalashib ketgan. Terisi yoqimli och pushti tusga kirgan, demak teri osti asos yaxshi rivojlangan.

Bola ko‘zida o‘tkirlik va kontrastlik bo‘yicha ta’sirchanlik paydo bo‘ladi, ko‘rish qobiliyati allaqachon keng va rangli tus olgan, harakat va lip-lip harakatga reaksiya bor.

Kindikni kesish qoidasi

Kindik butun homiladorlik davomida o‘zining ahamiyatli rolini bajardi. Ammo tug‘ruqdan keyin ham unga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarur.

39-haftada kindik ichakchasi bolaning bo‘yniga o‘ralib qolishi xavfi bor. Shuni nazarda tutib, akusherlar bolani juda ehtiyotkorlik bilan chiqarib oladi, kindik pulsatsiya berishdan to‘xtashini kutadi, shundan so‘nggina uni kesadi. Bundan avval kindikni ikki joyidan qisib, spirt suradi.

Kesilgandan so‘ng, kindikning kalta qismi qurib, tushib qoladi. Bu tug‘ruqdan keyin taxminan 5—7 kun ichida sodir bo‘ladi.

Ona o‘zini qanday his qilmoqda?

Homiladorlikning 39 haftasi davomida siz 11—16 kg vazn to‘pladingiz. Endi boshqa semirmaysiz, aksincha, biroz vazn tashlashingiz mumkin.

Bachadon tubi qov simfizidan 36—40 sm, kindikdan 16—20 sm masofada joylashgan. Bachadon tubi pasaymoqda, homilaning oldingi qismi tug‘ruq kanalining yuqori qismiga kirishni boshlaydi.

Yo‘ldosh qarimoqda, bola kislorod tanqisligini his qilmasligi uchun, tez-tez toza havoga chiqib turing. Bachadon siydik pufagiga kuchliroq bosim o‘tkaza boshlaydi, shunda siz chot orasida sanchiqli og‘riqni his qilishingiz mumkin.Yolg‘on yoki haqiqiy dard boshlanishi mumkin. Tug‘ish payti kelgan-kelmaganini ayolning o‘zi yoki shifokor yordami bilan aniqlash mumkin. Asosiysi, dard vaqtida sarosimaga tushmang. O‘z vaqtida va eson-omon tug‘ib olasiz.

39-haftada qorin tosh qotadi

Tug‘ruqdan avvalgi so‘nggi bosqich boshlandi. Oxirgi qiyinchiliklar qoldi, xolos, shundan keyin chaqaloq bag‘ringizda tinchgina dam oladi. 39-haftada qorin tosh qotishi, tortishib og‘rishlar, qo‘l-oyoqlar shishishi bezovta qilishi mumkin.

Shuningdek, ushbu haftada bel zirqirab og‘riydi, shilliq to‘siq chiqib ketadi, qorinda tez-tez spazm paydo bo‘lib turadi, qon aralash ajralmalar keladi, ishtaha ochilib ketadi, ich ketadi yoki suyuladi, qog‘onoq suvi oqib ketadi — bularning barchasi tug‘ruq yaqinligidan darak beruvchi belgilardir.

Ikkinchi homiladorlik

Bu siz uchun ikkinchi homiladorlik bo‘lsa, shuni bilingki, sizda tug‘ruqdan avvalgi belgilar birinchi marta tug‘ayotgan ayollardagi belgilarga juda o‘xshash bo‘ladi, biroq bolaning tug‘ilish jarayoni ancha tezkorlik bilan sodir bo‘ladi, chunki u tug‘ruq yo‘lidan tez o‘tadi. Birinchi tajribadan kelib chiqqan holda, organizmingizning o‘zi hammasini yaxshi biladi.