Bilasizmi?

Maktab formasini qayerdan sotib olish mumkin?

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori qabul qilingach ko‘pgina ota-onalar yangi formani qayerdan xarid qilish mumkin, degan savol bilan tahririyatga maktub yo‘lladilar.

Telegrammdagi "O‘qituvchi" kanalida mana shu savolga javob berildi.

Kanal ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona maktab formasi tasdiqlangan edi. Maktab formasi sotiladigan savdo shoxobchalari manzillari har yili 20 aprelga qadar ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilinadi.

Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan har yili 1 mayga qadar ta’lim muassasasining barchaga ko‘rinadigan joylariga maktab formasini qayerda va qanday tartibda xarid qilish mumkinligi to‘g‘risida tegishli e’lon joylashtiriladi.

Maktab formasini sotishda maktab direktori, rahbar xodimlar va o‘qituvchilar ishtirok etmaydi, deb eslatma bergan kanal.