Salomatlik

Shifo maslahat: “emlatishga kech emasmi?

— AKDS vaksinasi bola bir yoshga to‘lgunicha uch marta qilinishini bilaman. O‘g‘limga ushbu vaksinani faqat bir marta qildirganmiz, qolganiga imkon bo‘lmadi. Hozir farzandim ikki yoshdan oshdi. Endi qolib ketgan vaksinani olsak bo‘ladimi yofoydasi yo‘qmi?

Gulbahor, Toshkent shahri

Magina ARTIKOVA, oliy toifali shifokor-pediatr:

— AKDS, bu difteriya, ko‘k yo‘tal va qoqsholga qarshi emlash hisoblanadi. Emlashlar milliy taqvimiga ko‘ra AKDS vaksinasining uchtasi go‘dakning bir yoshga to‘lgunigacha, bittasi yoshidan oshgandan so‘ng bajariladi. Agar farzandingiz ushbu vaksinaning faqat bittasini qabul qilgan bo‘lsa, emlash tartibini qaytadan boshlash mumkin. Buning uchun avval pediatr va nevrapatolog ko‘riklaridan o‘tish lozim. Agar qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, AKDS vaksinasining uchtasi ketma-ket uch oy mobaynida olinadi. Bir yildan so‘ng to‘rtinchisi qilinadi.

Manba: Darakchi.uz