Salomatlik

Shifo maslahat: “ukol in’yeksiyasi o‘g‘il bolaga zararmi?"

— Farzandlarim tez-tez shamollab turishadi. Kasallik avj olmasligi uchun penitsillin guruhiga mansub preparat yordamida ukol qilaman. Yaqinda bu turdagi ineksiya o‘g‘il bolalar sog‘ligiga zarar deb eshitdim. Chindan ham shundaymi?

Munisa, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROYeVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Har qanday dori preparatini faqat shifokor tavsiyasi bilan qo‘llash lozim. Shu jumladan, antibiotiklarni ham. Agar siz qilayotgan muolaja mutaxassis tomonidan to‘g‘ri buyurilgan bo‘lsa, nojo‘ya ta’siri bo‘lmaydi.

Manba: Darakchi.uz